logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:51
KirishA'zo bo'lish
"Kristal Pelas" klubi futbolchisi APL rekordchisiga aylandi

 12 SENTYABR, 13:15 10

.

"Kristal Pelas" klubning yangi xaridi bo'lgan Odson Eduard kecha "Tottenxem"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. U bu bilan APLda yangi rekord o'rnatilishiga sabab bo'ldi. Hujumchi o'yin tugashiga 7 daqiqa qolganida maydonga tushirildi va 28 soniya ichida raqib darvozasini zabt etdi.

Eduard bu bilan Angliyadagi zahiradan tushib, eng tez gol urgan futbolchilar ro'yxatida peshqadamga aylanib oldi. Bundan avvalgi rekord "Vest Bromvich" klubi futbolchisi Teviga tegishli edi.

U 2014 yilda aynan "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda maydonga tushirilgan va 36 soniyada gol urgan. Eduard bu yozda Shotlandiyaning "Seltik" klubidan 15 million funt evaziga xarid qilingan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR