logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:14
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu yana qanday rekordlarni yangilashi mumkin?

 12 SENTYABR, 11:00 22

.

Krishtianuning "Yuventus"dagi bir necha yillik ajoyib mavsumidan so'ng Turindan ketishga qaror qildi. Portugaliyalik Italiya klubi bilan tezroq xayrlashishi uchun "Man Siti", "PSJ", "Manchester Yunayted" bilan muzokara olib bordi. "Keksa sinora" Ronalduni shartnoma oxirigacha jamoada qolishini rejalashtirgan edi. Sababi, klubda bu darajadagi futbolchining bo'lishi - katta obro' va ajoyib marketing deganidir.

Shunga qaramay, "Yuventus" asosiy yulduzini saqlay olmadi - Krishtianu o'zini sevgan klubi mankunianliklar safiga qaytdi. Ronaldu Manchesterda motivatsiya bilan bog'liq muammolarga duch kelmaydi, sababi Ronaldu qayd etgan hamma rekordlarining dastlabki qadamlarini aynan "qizil iblislar" safida tashlagan. Bu erda u jahon futboli yulduziga aylandi. Shu munosabat bilan Stadion.uz nashri Ronaldu kelajakda amalga oshirishi mumkin rekordlari haqida ma'lumot berishga qaror qildi.

Chempionlar ligasi sovrinini eng ko'p yutgan futbolchi



Krishtianu 5 marta Chempionlar Ligasini yutgan.Avvaliga u "Manchester Yunayted" bilan, keyin to'rt marta "Real" bilan Evropaning nufuzli sovrinini qo'lga kiritdi. Hozirgi vaqtda rekordchi "Real"ning sobiq hujumchisi Pako Gento bo'lib, u 6 marta chempionlikni qo'lga kiritgan. Varan, Sancho va Ronaldu kelishi bilan "qizil iblislar" Chempionlar Ligasida g'olib bo'lish imkoniyati nihoyatda ortib ketdi. Shuning uchun KriRO mazur natijani ortda qoldirishiga ishonish mumkin


Chempionlar Ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi



Afsonaviy darvozabon Iker Kasilyas Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Sobiq kiper Chempionlar ligasida 177 o'yin o'tkazgan. Bir necha kundan keyin Ronaldu mazkur natijaga etib olishi mumkin. Ayni paytda portugaliyalikda 176 o'yin mavjud bo'lib, 14 sentyabr kuni Ronaldu "Yang Boyz"ga qarshi o'yinda maydonga tushib Ikerga etib olish ehtimoli bor. Krishning hozirgi futbolchilarni eng yaqin ta'qibchisi - Lionel Messi (149 uchrashuv).
 
Dunyodagi eng titulli futbolchiga aylanishi mumkin.



2021 yil 20 mayda "Yuventus" Italiya kubogi finalida "Atalanta"ni mag'lub etdi (2:1). Ronaldu uchun bu sovrin Turinda 5 -, faoliyatida 34-titul bo'ldi. Dani Alves dunyodagi eng sovrindor futbolchi hisoblanadi (42 ta sovrin). Krishtianu allaqachon 36 yoshda va Alves rekordini ortda qoldirish qiyin bo'ladi. Ammo 37 ta titulga ega bo'lgan Messini ortda qoldirish uchun motivatsiya bor.

"Oltin to'p"ni eng ko'p yutgan futbolchiga aylanishi mumkin.



Lionel Messi tarixdagi eng ko'p "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan futbolchi hisoblanadi (6 marta). Ronaldu esa 5 marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 2021 yilda Ronaldu "Oltin to'p"ga da'vogarlar ro'yxatida yo'q. Sababi, o'tgan mavsum Ronaldu uchun na terma jamoada, na "Yuventus" safida omadli kelgan, shu sababli ushbu mavsum portugaliyalik navbatdagi "Oltin to'p"ini qo'lga kiritishi qiyin. Lekin, Manchesterga qaytishi  Ronalduning navbatdagi muvaffaqiyati bo'lishi mumkin va keyingi mavsumda Krish dunyoning eng yaxshisi bo'lishi mumkin. Imkoniyat juda oz, lekin futbol shunisi bilan har doim qiziq.


"Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to'purar



Ronaldu Manchesterga 17 yoshli bolakaylik paytida kelgan. Krishtianu "qizil iblislar" safida 2003 yildan 2009 yilgacha o'ynagan. Bu vaqt ichida portugaliyalik
292 uchrashuvda 118 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Rekord Ueyn Runiga tegishli (253 ta gol). Runining natijasidan o'tib ketish uchun Krish 136 ta gol urishi kerak. Ya'ni, ketma-ket to'rt mavsumda "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlar doirasida 34 ta gol urishi talab qilinadi. Bu natija deyarli imkonsizdir. Lekin...


"MYu" tarixidagi to'purarlar top-10ligiga kirish



Ronaldu uchun yana bir motivatsiya bor. Ya'ni "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi 10ta to'purarlar safidan joy olish. Ayni paytda mazkur ro'yxatning 10 -o'rinda Pol Skoulz joylashgan bo'lib, mazkur futbolchi hisobida155 ta gol mavjud.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyoradi

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR