Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:31
KirishA'zo bo'lish
EChL. Iste'dodlarga boy «Ayaks» klubi haqida

 12 SENTYABR, 10:10 10

.

Kelasi hafta Evropa Chempionlar Ligasi yangi mavsumining guruh bosqichi boshlanadi.

Biz unda qatnashadigan klublar haqida ma'lumot berishda davom etamiz.

Bugun Niderlandiyaning asosiy jamoasi bo'lgan «Ayaks» haqida. "Lolalar yurti" sharafini himoya qiladigan Amsterdam klubi joriy mavsum EChLni S guruhida boshlaydi. Mazkur guruhdan Dortmundning «Borussiya» klubi, «Beshiktosh» va Portugaliyaning «Sporting» jamoasi joy olishgan. Jamoa birinchi o'yinni 15 sentyabr kuni Lissabonda o'tkazadi va «Sporting» mehmoni bo'ladi.

AYaKS

UEFA reytingi (2020/21 yakuni): 17

Qanday qilib etib kelishdi: Niderlandiya chempioni

O'tgan mavsum: Guruh bosqichi (UEFA Evropa Ligasi chorak-finali)

Evrokuboklardagi eng yaxshi natijasi: G'olib (1970/71, 1971/72, 1972/73, 1994/95)


 

Bosh murabbiy: Erik ten Xag

51 yoshli mutaxassis o'tgan mavsum shartnomasini bir yilga uzaytirdi. «Ayaks»ni Niderlandiyada asosiy kuchga aylantirgan Ten Xag o'zining Evropadagi ajoyib natijasini yana takrorlashni maqsad qilgan. Ikki yil avval u amsterdamliklarni Evropa Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqgan edi.


Asosiy futbolchi: Dushan Tadich

Serbiyalikning «Ayaks»dagi statistikasi yomon emas: 153 o'yinda 78 gol va 71 assist. Chap qanotda keng o'ynay oladigan va aldamchi to'qqizlik pozitsiyasida ham yaxshi harakat qila oladigan Tadich to'pni o'ziga moslashtirishi va sheriklariga ham bo'sh hudud ajrata olishi bilan ajralib turadi. Yana bir muhim jihat shuki, futbolchi ikkala oyoqda ham to'pni darvozaga yo'llay oladi.


Eng katta yozgi xaridi: Stiven Bergeys

Niderlandiyalik vinger «Feenord»dan azaliy raqib hisoblangan «Ayaks»ga o'tishi orqali noodatiy yurishni amalga oshirdi. Shu bilan birga uning sovrinlar yutish uchun xohishi va Chempionlar Ligasida harakat qilish istagi juda ham kuchli edi. Uning ajoyib krosslari va qisqa masofalarga kesib uzatilgan uzatmalari va gol ura olish uchun bo'sh nuqtalarni ko'ra olish qobiliyati bilan «Ayaks» hujumini yanada xavfli ko'rinishga olib keladi.

O'yinini ko'rish kerak: Rayan Gravenberx

19 yoshli xavbek o'tgan mavsum «Ayaks» markazida muhim rol o'ynadi (Evrokuboklar, kubok va Erediviziyada jami 47 o'yin). Shuningdek, Niderlandiya terma jamoasida ham dastlabki 7 o'yinini o'tkazishga ulgurdi. Aqlli, kuchli va «Ayaks»ning yoshlarni rivojlantirish tizimining iste'dodli mahsulotida top futbolchi bo'lish uchun barcha fazilatlar mavjud.


Bilasizmi?

Bu 2015 yildan beri «Ayaks» o'z akademiyasi o'yinchilarini kamida 13 mln evroga sotmagan birinchi yozgi transferi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR