logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:08
KirishA'zo bo'lish
Bundesliga. «Borussiya D» 7 ta gol urilgan o'yinda bazo'r «Leyptsig»ni engdi, «Bavariya» esa oson g'alabaga erishdi

 12 SENTYABR, 07:00 10

.

Germaniya chempionatining 4-turidan o'rin olgan bir qator o'yinlar 11 sentyabr, shanba kuni bo'lib o'tdi.

«Bavariya» safarda «Leyptsig» bilan bahs yuritdi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Myunxen jamoasining gollariga Robert Levandovski, Jamol Musiala, Leroy Sane va Erik Shupo-Moting mualliflik qildi. «Leyptsig»ning javob golini esa Konrad Laymer o'z nomiga yozdirdi.

«Borussiya D» 7 ta gol urilgan o'yinda «Bayer»ni mag'lub etdi. «Bayer» safida Florian Virts, Patrik Shik va Mussa Diabi gol urdi. Dortmundliklarning gollariga esa Erling Holand (dubl), Yulian Brandt va Rafael Gerreyru mualliflik qildi. O'yin davomida leverkuzenliklar 3 marta hisobda oldinda borishganini ta'kidlash lozim.

«Bavariya» 10 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Dortmund klubi esa 9 ochko bilan 3-pog'onadan joy olgan.

Bundesliga, 4-tur bahslari
11 sentyabr, shanba
«Leyptsig» – «Bavariya» 1:4
Gollar: 0:1 – 12, penalti Levandovski, 0:2 – 47 Musiala, 0:3 – 54 Sane, 1:3 – 58 Laymer, 1:4 – 90+2 Shupo-Moting.
«Leyptsig» – Gulachi, Mukiele, Orban (Klostermann, 80), Simakan, Anxelinyo (Gvardiol, 58), Kampl, Laymer (Aydara, 58), Nkunku, Olmo (Forsberg, 58), Soboslai, Andre Silva (Poulsen, 71).
«Bavariya» – Noyer, Pavar (Zyule, 75), Ernandes, Upamekano, Devis, Gorettska (Zabittser, 59), Kimmix, Myuller (Stanishich, 75), Levandovski (Shupo-Moting, 59), Gnabri (Musiala, 45), Sane.

«Bayer» – «Borussiya D» 3:4
Gollar: 1:0 – 9 Virts, 1:1 – 37 Holand, 2:1 – 45 Shik, 2:2 – 49 Brandt, 3:2 – 55 Diabi, 3:3 – 71 Gerreyru, 3:4 – 77, penalti Holand.
«Bayer» – Gradeski, Frimpong, Ta, Kossunu, Bakker, Demirbay (Belarabi, 79), Andrix, Virts, Shik (Alario, 78), Diabi, Paulinyo (Adli, 63).
«Borussiya D» – Kobel, Mene, Akanji, Pongrachich (Hummels, 84), Gerreyru, Vittsel (Malen, 65), Brandt, Daud, Bellinghem (Volf, 89), Roys, Holand.
Ogohlantirishlar: Mene (20), Virts (60), Holand (60), Frimpong (70), Kossunu (75), Diabi (86), Volf (90).

«Frayburg» – «Kyoln» 1:1
Gollar: 0:1 – 33 Modest, 1:1 – 89, avtogol Chixos.

«Groyter» – «Volfsburg» 0:2
Gollar: 0:1 – 10 Nmecha, 0:2 – 90, penalti Vegorst.

«Union Berlin» – «Augsburg» 0:0

«Hoffenhaym» – «Maynts» 0:2
Gollar: 0:1 – 21 Burkardt, 0:2 – 77 Ingvartsen.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR