Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:00
KirishA'zo bo'lish
Fergyuson: "Ronalduni "Manchester Siti"da o'ynashini tasavvur qila olmasdim"

 12 SENTYABR, 00:35 11

.

"Manchester Yunayted" sobiq ustozi ser Aleks Fergyuson Krishtianu Ronalduning "qizil iblislar" ga qaytishi haqida fikr bildirdi.


"Men ham boshqalar kabi bugun hayajonlandaman. Har kuni uning debyut o'yinini kutdim. Men barcha muxlislar nomidan gapiraman - bugun "Manchester Yunayted" uchun ajoyib kun.

Ko'p odamlar Ronalduning qaytishida o'z hissasini qo'shishdi va men Krishtianuning haqiqatan ham qaytishni istayotganini bilgan holda bunga harakat qildim.
Men hissiyotim titradi, deb aytmagan bo'lardim, lekin men Ronalduni "Manchester Siti"da o'ynashini tasavvur qila olmasdim. Menimcha, buni hech kim tasavvur qila olmasdi.

Shuning uchun biz Krishtianuni "Yunayted"ga qaytirish uchun choralar ko'rdik. Klub bu qarorni qo'llab-quvvatladi. Men Gleyzerlar bilan gaplashdim. O'ylaymanki, u yosh futbolchilarga ta'sir qiladi, chunki uning tajribasi bor",  - dedi Aleks Fergyuson Viaplay nashriga.

Eslatib o'tamiz, bugun, 11 sentyabr kuni "Manchester Yunayted" - "Nyukasl Yunayted" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda Ronaldu dubl qayd etdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR