logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:34
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu: «Orzular teatri» — sehrli manzil»

 11 SENTYABR, 23:05 9

.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 4-turidan o'rin olgan «Nyukasl» (4:1)ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Old Trafford»ga qaytsang - bu stadion nima uchun «Orzular teatri» deb nomlanganini tezda anglaysan.

Men uchun bu joy har doim sehrli bo'lgan. Bu sehrli manzil. Bu erda o'z maqsadlaringga oson erisha olasan.

Biz tribunadan ajoyib qo'llab-quvvatlash evaziga oldinga intilamiz. Men «Manchester Yunayted»ga qaytganimdan va yana Premer-ligada o'ynayotganimdan faxrlanaman.

Lekin, birinchi navbatda, jamoamga yordam berishimdan xursandman!» - deb yozadi Ronaldu Instagramida.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Ronaldu «Nyukasl» darvozasiga dubl qayd etdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR