Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:53
KirishA'zo bo'lish
Hamidjon Aktamov: «Bugun toza yutgandik, toza golimiz inobatga olinmadi»

 11 SENTYABR, 21:35 10

.

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan keyin navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin haqida gapiradigan bo'lsak bugun biz yutdik! Toza golimizni bekor qilishdi. Gol urilgan vaziyatda darvozabon to'pni qaytarganida to'p darvoza ichiga kirib bo'lgandi, keyin VAR ko'rib chiqib darvozabonga nisbatan qoida buzildi deb topdi.

Ba'zida VAR o'yinga aralashmoqda, ba'zida yo'q. Unda nimaga kerak bu tizim? Hamma vaziyatni ko'rish kerak. VAR bo'lishi uchun hamma tomondan kameralar bo'lishi kerak.

Ikkala jamoada ham gollar urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Har turda ochko yo'qotayapmiz, baribir alamli holat. "Lokomotiv"ga omad tilayman. Biz oxirigacha kurashamiz", - deydi Hamidjon Aktamov.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR