Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:43
KirishA'zo bo'lish
Artetaga imkon beriladimi?

 8 SENTYABR, 16:25 2

.

Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati agar jamoa keyingi uchta o'yinda natijani yaxshilamasa, bosh murabbiy Mikel Artetani ishdan bo'shatishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

Manba bergan xabarga ko'ra ispaniyalik mutaxassisga Premer-ligada «Norvich» va «Byornli» ga qarshi o'yinlarda, shuningdek, «Uimbldon» bilan Liga kubogi o'yinida vaziyatni to'g'irlash imkoniyati berilgan.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» bu mavsumni muvaffaqiyatsiz tarzda boshladi. Turnirning dastlabki uchta o'yinida «kanonirlar» bitta ham gol urishmadi va bir ochko ham olishmagan, shuningdek, to'qqizta gol o'tkazib yuborishgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR