Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:57
KirishA'zo bo'lish
APL. «Chelsi» tarixiy g'alabani qo'lga kiritishi mumkin (prevyu)

 11 SENTYABR, 18:05 10

.

Angliya chempionati 4-turi doirasida «Chelsi» o'z maydonida "Aston Villa"ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

Agar «Chelsi» g'alaba qozonsa, Premer-ligada g'alaba qozonish bo'yicha 600 lik dovonni zabt etgan ikkinchi jamoaga aylanadi. Bunga qadar bu ishni "Manchester Yunayted" (689) uddalagan.

Romelu Lukaku "Aston Villa"ga qarshi oxirgi 5 APL o'yinining barchasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan, jami 6 gol. Belgiyalik "Stemford Bridj"da APL doirasidagi 11-uchrashuvini o'tkazadi va birinchi golini urishni kutmoqda.

"Aston Villa" o'tgan mavsum APLda «Chelsi»ga qarshi bahs bilan mavsumni yakunladi (2:1, g'alaba). Ular Ron Atkinson qo'lostidagi 1993 yil oktyabr oyidan beri «ko'klar»ni ketma-ket ikki liga o'yinida mag'lub etishmagan.

Denni Ings APLda asosiy tarkibda maydonga tushgan oxirgi 9 o'yinida 8 golli vaziyatlarda ishtirok etgan (6 gol va 2 assist). U "Aston Villa" uchun 3 uchrashuvda 2 gol va bir assistni o'z nomiga rasmiylashtirib qo'ydi.


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Styuart Atuell

Qanot hakamlari: Den Kuk, Simon Long

Zaxira hakami: Robert Jons

VAR: Kris Kavanag

VAR yordamchisi: Den Robatan


Taxminiy tarkiblar

Chelsi - Mendi, Kristensen, Silva, Ryudiger, Aspilikueta, Alonso, Jorjinyo, Kovachich, Xaverts, Maunt, Lukaku

Aston Villa - Stir, Kesh, Konsa, Mings, Targett, Luiz, MakGin, Beyli, El Gazi, Ings, Uotkins


Yo'qotishlar

«Chelsi» tarkibida Ngolo Kante maydonga tusha olmaydi. Uning jarohati bor. Kristian Pulishichning o'ynashi esa so'roq ostida turibdi. «Liverpul» bilan bahsda chetlatilgan Ris Jeyms bu o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Aston Villa"da esa Trezege, Keynan Devis, Kerni Chukuvumeka jarohat bois maydondan tashqarida. Morgan Sanson, Bertran Traore esa sport formasini tiklab olmagan. Emiliano Martines, Emiliano Buendia boshqa sabablarga ko'ra maydonga tusha olmaydi.


Raqamlar

"Aston Villa"ning oxirgi 5 safar uchrashuvida 2,5 tadan ko'p gol kiritilgan (Premer-Liga).

"Aston Villa" so'nggi 4 safar o'yinida kamida ikkitadan gol urdi (Premer-Liga).

«Chelsi» barcha musobaqalarda "Aston Villa"ga qarshi so'nggi 6 uy o'yinida mag'lubiyatsiz bo'lib qolmoqda.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari soni 52ta. Shularning yarmi «aristokratlar» foydasiga hal bo'lgan. 13 uchrashuvda esa birmingemliklarning ustunligi kuzatilgan. Yana 13 bahsda durang natija qayd etilgan.

Joriy yilning 23 may kuni o'tkazilgan bahsda "Aston Villa" «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan.


Eslatib o'tamiz, «Chelsi» - "Aston Villa" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR