logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:17
KirishA'zo bo'lish
Tokio-2020 ishtirokchilari O'zbekiston chempionatida g'alaba qozonishdi

 11 SENTYABR, 17:40 10

.

Chirchiq shahrida 23 yoshgacha bo'lgan qilichbozlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi. Mazkur musobaqa orqali terma jamoamiz murabbiylar shtabi oldinda turgan xalqaro turnirlar uchun asosiy tarkibni shakllantirib olishdi.

Musobaqaning oxirgi kun dasturida sablya bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Kutilganidek, unda Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchilari Zaynab Dayibekova hamda Sherzod Mamutov yakkalik bahslarida g'alaba qozonishdi.

Yakkalik, qizlar:

1. Zaynab Dayibekova (Qoraqalpog'iston)
2. Guliston Perdebaeva (Qoraqalpog'iston)
3. Venera Isroilova (Toshkent viloyati)
3. Shahnoza Tog'aymurodova (Toshkent)

Yakkalik, yigitlar:

1. Sherzod Mamutov (Qoraqalpog'iston)
2. Fazil Genjebaev (Qoraqalpog'iston)
3. Bobur Rasulov (Toshkent)
3. Jaloliddin Dushamboev (Toshkent viloyati)

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR