logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:56
KirishA'zo bo'lish
Gvardiola Fati transferini amalga oshishiga to'sqinlik qildi

 11 SENTYABR, 17:25 11

.

"Barselona" vingeri Ansu Fati "Manchester Siti"ga o'tmaydi, deb xabar bermoqda El Nasional nashri. Manbaga ko'ra, mumkin bo'lgan kelishuvga "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola to'sqinlik qilgan.

Ispaniyalik mutaxassis sobiq klubini hurmat qilgani uchun futbolchini "Barsa"dan uzoqlashtirmaslikka qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, Fatining agenti Xorxe Mendesh "Siti" bilan muzokaralar olib bogani taxmin qilinmoqda.

Fati jarohati tufayli o'tgan yilning noyabridan buyon maydonga tushmagan. U chap tizzasi suyagi yorilib ketganligi sababli, ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yubormoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR