logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:19
KirishA'zo bo'lish
"Inter" etakchisi bilan shartnoma uzaytiradi

 11 SENTYABR, 16:25 12

.

"Inter" yarimhimoyachisi Nikolo Barella bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda, deb xabar beradi Calciomercato nashri.

Manbaga ko'ra, "nerazzurrilar" 24 yoshli italiyalikning maoshini deyarli ikki barobar oshirishga tayyor. Ma'lum bo'lishicha, "Inter" futbolchiga yiliga 2,5
million evro olayotganini hisobga olgan holda, futbolchiga yiliga 4 million evro maosh taklif qiladi.

2021/22 yilgi mavsumda Barella "Inter" safida 2 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yil iyun oxirigacha belgilangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 65 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR