Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:55
KirishA'zo bo'lish
APL. Dastlabki 3 uchrashuvda mag'lub bo'lgan «Arsenal» 13 o'yindan beri mag'lubiyatga uchrab kelayotgan «Norvich»ga qarshi o'ynaydi

 11 SENTYABR, 15:10 6

.

Bugun APLning so'nggi pog'onalarida borayotgan autsayderlar to'qnash kelishadi.

Bilasizmi?

Per-Emerik Obameyang APLning 2019/20 yilgi mavsumida o'tkazilgan «Norvich»ga qarshi ikki bahsda o'z hisobiga to'rtta golni yozdirib qo'ygan.

«Arsenal» oxirgi 18 Premer-Liga o'yinidan ikkitasida «kanareykalar»ga mag'lub bo'lgan (9 g'alaba, 7 durang) va 2012 yil oktyabr oyidan beri (1-0) ularga qarshi 7 o'yinda mag'lubiyatsiz tseriya qayd etib kelmoqda.

«To'pchilar» bugungi raqiblariga qarshi so'nggi 7 uy belashuvining oltitasida kamida uchtadan gol kiritishgan va oxirgi bor 2020 yilning iyul oyida to'qnash kelib yirik 4:0 hisobini qayd etishgan.

Premer-Liga doirasida dastlabki ikki uchrashuvda «Arsenal»dan gol o'tkazib yubormagan «Norvich» posboni Tim Krul «kanonirlar»ga qarshi oxirgi sakkiz bahsning har birida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmagan.


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Maykl Oliver

Qanot hakamlari: Styuart Burt, Simon Bennet

Zaxira hakami: Gevin Uord

VAR: Mayk Din

VAR yordamchisi: Eddi Smart


Taxminiy tarkiblar

Arsenal - Leno, Meytlen-Nayls, Uayt, Magalyaesh, Tirrni, Lokonga, Parti, Saka, Edegor, Obameyang, Lyakazett

Norvich - Krul, Aarons, Xenli, Gibson, Uilyams, Lis-Melu, Gilmor, MakLin, Kentuell, Pukki, Rashitsa.


Yo'qotishlar

Londonliklar tarkibida Sead Kolashinats, Muhammad Elneni jarohat sabab maydonga tusha olishmaydi. "Manchester Siti"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan Granit Jaka ham mazkur o'yinni o'tkazib yuboradi. Emil Smit Rouning sport formasi yuqori emas.

Mehmonlar safida Sem Bayrim, Kristof Zimmermann, Dmitris Giannulis, Bali Mumba, Kristos Tzolis va Joshua Sarjent shikastlanishgan. Plaketa esa bu o'yinga tayyor emas.


Raqamlar

«Norvich» ketma-ket 13 o'yindan beri faqat mag'lub bo'lib kelmoqda (APL).

«Norvich» APL doirasidagi oxirgi 8 safar uchrashuvining ettitasida gol urishni uddalay olmadi.

«Arsenal» Premer-Ligadagi so'nggi 3 o'yinida birorta gol kirita olmadi.

«Norvich» Angliya chempionati doirasidagi oxirgi 5 bellashuvning har birida kamida ikkitadan gol o'tkazib yubormoqda.

«Arsenal» Premer-Ligadagi so'nggi uch bahsda kamida 2tadan gol o'tkazib yubordi.



Eslatib o'tamiz, Angliya chempionati 3-turidan keyin «Norvich» 19, «Arsenal» esa oxirgi o'rinda bormoqda.

Jamoalarning bugungi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi belgilangan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR