logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:43
KirishA'zo bo'lish
Mourino "Roma"da janjalli vaziyatga aralashib qoldi

 11 SENTYABR, 15:10 14

.

Joze Mourino "Roma" bosh murabbiyi lavozimini egallagach, yana bir janjalga aralashib qolgani ajablanarli emas. Portugaliyalik mutaxassis rahbariyatga yangi mavsumda ishonch bildirmaydigan futbolchilar nomlarini aytdi, biroq ularning ba'zilari yangi klub topa olishmadi.

Natijada rahbariyat Mourinoga futbolchilarning taqdirini o'zi hal qilish huquqini berdi. Bu futbolchilar Federiko Fasio, Stiven N'Zonzi va Davide Santona hisoblanishadi. Murabbiy uzoq vaqt ikkilanmadi va ularni jamoa mashg'ulotlaridan chetlatdi, bu esa Fasioga unchalik yoqmadi - argentinalik futbolchi "Roma" ustidan sudga murojaat qildi, deydi Corriere dello Sport nashri.

Rimliklar voqeaga tezda munosabat bildirishdi va allaqachon himoyachi vakillari bilan muammoning muqobil echimi haqida muzokara o'tkazishga urinishmoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR