Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:57
KirishA'zo bo'lish
Brozovichning "Barselona"ga transferi muvaffaqiyatsiz yakunlangan

 11 SENTYABR, 14:55 11

.

OAV yarimhimoyachi Martselo Brozovichning yozda "Inter"dan "Barselona"ga transferi muvaffaqiyatsiz bo'lganligi haqida xabar bermoqda. Fichajes nashrining xabariga ko'ra, o'tgan yozda klublar 28 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralar olib borishgan, biroq ular kelisha olmagan.

Xususan, "ko'k-anorranglilar" himoyachi Emerson bitimga qo'shishga harakat qilishdi, biroq milanliklar uning xizmatiga qiziqish bildirishmadi.

Brozovich 2015 yildan buyon "Inter"da o'ynaydi, 244 o'yinda qatnashadi, 25 gol uradi va 32 golli uzatmani amalga oshiradi.
Uning bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR