logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:43
KirishA'zo bo'lish
APL. «Tottenxem» ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham g'alaba qozona oladimi? (prevyu)

 11 SENTYABR, 14:35 10

.

Angliya Premer-Ligasi 4-turida «Tottenxem» hamshahri "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi.

Bilasizmi?

«Tottenxem» APL doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi oxirgi 12 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagan (10 g'alaba, 2 durang) va darvozasidan to'rtta top olib chiqqan.

«Pelas» yuqori ligani ketma-ket 4 London derbisi bilan boshlagan birinchi jamoaga aylanadi.

«Shporlar» o'z tarixida ilk bor APLning ilk 3 ta o'yinidan keyin uchta g'alaba qayd etdi va barcha uchrashuvlarda gol o'tkazib yubormadi. Faqatgina ikki klub Premer-Ligani 4 g'alaba va shuncha quruq o'yin bilan boshlagan - «Chelsi» (2005/06) va "Manchester Siti" (2015/16).

O'tgan mavsum boshidan beri Premer-Ligada hech bir o'yinchi «shporlar» yulduzi Son Xyon-Mindan ko'proq g'alaba golini kiritmagan (8). Joriy mavsum shu paytga qadar koreyalikning ikki goli ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.




Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Jonatan Moss

Qanot hakamlari: Mark Perri, Timoti Vud

Zaxira hakami: Toni Harrington

VAR: Jarred Jillet

VAR yordamchisi: Li Betts


Taxminiy tarkiblar

Kristal Pelas - Guaita, Uord, Andersen, Gueyi, Mitchell, Gallager, Kuyate, MakArtur, Zaha, Benteke, Ayu.

Tottenxem - Loris, Royal, Tanganga, Dayer, Regilon, Xoyberg, Uinks, Alli, Moura, Keyn, Gil

 

Yo'qotishlar

Mezbonlar safida Eberechi Eze, Natan, Fergyuson, Jefri Shlyupp, Maykl Olise va Luka Milivoevichda jarohat bor.

Mehmonlar tarkibida esa Son Xyon Min, Rayan Sessenyon, Oliver Skipp va Stiven Bergveyn jarohatdan tiklanish bilan band. Lo Chelso, Romero va Davinson Sanches boshqa sababga ko'ra maydonga tusha olishmaydi. Tanguy Ndombelening sport formasi esa qoniqarli emas.

 

Raqamlar

"Kristal Pelas" barcha musobaqalarda «Tottenxem»ga qarshi oxirgi 6 o'yinda o'rtacha 2,5 va undan kamroq gol kiritilgan.

«Tottenxem» so'nggi 4 bahsda g'alaba qozondi (Premer-Liga).

«Tottenxem» APLdagi oxirgi 3 uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi.

"Kristal Pelas" so'nggi 7 bahsdan oltitasida kamida ikkitadan gol o'tkazib yubordi (Premer-Liga).

«Tottenxem» oxirgi 3 o'yinda bitta to'p farqi bilan g'alabaga erishgan (APL).

"Kristal Pelas" APL doirasidagi so'nggi 5 o'yinda g'alaba qozonishni uddalay olmadi.

 

Eslatib o'tamiz, "Kristal Pelas" - «Tottenxem» o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR