logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:18
KirishA'zo bo'lish
Patrik Vieyra: "Men uning ishini hurmat qilaman"

 11 SENTYABR, 12:10 6

.

"Kristall Pelas" klubi yangi ustozi Patrik Vieyra "Tottenxem" murabbiyi Nunu haqida fikr bildirdi. U yangi mavsumdagi Nunu jamoasi ko'rsatayotgan o'yinni yuqori baholadi:

"Menimcha, uning klubi fantastik darajadagi o'yinlar namoyish etyapti. Bundan ortiq hech narsa bo'lmasa kerak. Biz "Vest Xem" bilan o'ynadik. Endi esa yana bir qiyin o'yin kutmoqda. Bu biz uchun juda muhim o'yin bo'ladi. Garchand raqib etakchi klub bo'lsada, biz uch ochko xohlaymiz. Bu derbi va unda har narsa bo'lishi mumkin. Men Santuning ishini hurmat qilaman. Menga uning jamoasi ko'rsatayotgan o'yinlar yoqmoqda".

"Kristal Pelas" o'tgan turda "bolg'achilar"ga qarshi o'ynab, durang qayd etgan. Ularning yangi xaridi Konor Gallaher bugungi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR