logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:51
KirishA'zo bo'lish
"Chelsi" Vernerni Sanega almashtirishga tayyor

 11 SENTYABR, 10:35 13

.

Londonning "Chelsi" klubi "Bavariya" bilan germaniyalik futbolchi - Timo Vernerni Leroy Sanega almashtirish bo'yicha muzokaralar boshlashga tayyor, dedi Todo Fichajes nashri.

Ammo, manba bergan ma'lumotga ko'ra, Germaniya chempionlari "aristokratlar" hujumchisiga asosiy nishon sifatida qiziqish bildirgan bo'lsada, bunday bitimga rozi bo'lishmaydi. Verner Robert Levandovskining o'rinbosari sifatida ko'riladi, ammo "Bavariya" Saneni jamoada saqlab qolishga umid qilmoqda.


Eslatib o'tamiz, 2016 yildan 2020 yilgacha Sane "Manchester Siti" tarkibida Angliya chempionatida o'ynagan. Sanening "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 60 million evroga baholamoqda. Verner "Chelsi"ga 2020 yil iyul oyida kelib qo'shilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR