Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:02
KirishA'zo bo'lish
Azmunga ispan klubidan ham taklif bor

 11 SENTYABR, 09:15 16

.

Estadio Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Zenit" hujumchisi Serdar Azmunga La-liganing "Sevilya" klubi qiziqish bildirmoqda. Andusiyaliklar klubi Eron terma jamoasi a'zosi nomzodiga yana qaytdi va Serdarning RPLdagi o'yinlarini kuzatib bormoqda.

Nashrining xabariga ko'ra, ispaniyaliklar Serdarni tekinga qo'lga kiritish uchun harakat qilmoqda. Eronlik futbolchining petrburgliklar bilan shartnomasi kelasi yil yozda o'z yakuniga etadi va hali "Zenit" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan. Shuningdek, Evropaning ko'pgina o'rtamiyona jamoalari futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. Futbolchiga asosiy da'vogarlar "Roma", "Lion" va "Milan" kabi jamoalar bor.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR