logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:10
KirishA'zo bo'lish
Mirjalol Qosimov: «Oldimizga doimo oliy maqsadlar qo'yamiz»

 11 SENTYABR, 06:15 15

.

Soca Cola Superliga 17-turidan o'rin olgan “Navbahor” – AGMK (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Qosimov o'z so'zini o'yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Bugun chiroyli, jangovar o'yin bo'ldi. Ikki bo'limda  ham ochiq o'yin guvohiga aylandik. Kim gol ursa, o'sha jamoa yutib ketardi. Yigitlarimiz so'nggi daqiqagacha harakat qilishdi, ammo yakunda baribir jangovar durang qayd etildi.

— Uchrashuv natijasidan qoniqdingizmi?

— Albatta, g'alaba qozonganimizda yanada yaxshi bo'lardi. Ikkala jamoa bir ochkodan oldi, boriga shukur. Qaytaraman, kimning omadi kelib gol urganida, o'sha jamoa zafar quchardi.

— O'tgan mavsumda AGMK bronza medalini qo'lga kiritgandi. Bu yil jamoaning oldiga qanday maqsad qo'yilgan?  

— Biz har bir o'yinda maydonga tushib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz va muxlislarga chiroyli o'yin ko'rsatish uchun o'ynaymiz. Chempionat oxirida kim qaysi o'rinda bo'lishi ma'lum bo'ladi. Oldimizga doimo oliy maqsadlar qo'yamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR