logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:01
KirishA'zo bo'lish
Zlatan «Latsio»ga qarshi bahsda maydonga tushadimi?

 10 SENTYABR, 22:55 16

.

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibragimovich 12 sentyabr kuni «Latsio»ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor.

Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. Ibra jarohatidan to'liq tuzaldi va ayni dam tiklanish jarayonlarini boshdan kechirmoqda.

Oxirgi marta Ibragimovich maydonga 9-may kuni tushgandi. Uzoq vaqt davomida u og'ir jarohatini davolash bilan band bo'ldi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Zlatan 15 ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi. Shuningdek, u ikkita muvaffaqiyatli pasni ham amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR