Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:10
KirishA'zo bo'lish
JCh-2022 saralash. Niderlandiya Turkiyaga 6 ta gol urdi, Portugaliya, Frantsiya va Rossiyada g'alaba

 8 SENTYABR, 09:19 3

.

Evropa mintaqasida JCh—2022 saralashi 6-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar 7 sentyabr, seshanba kuni bo'lib o'tdi.

Frantsiya terma jamoasi o'z uyida Finlyandiyani qabul qildi. Antuan Grizmanning dubli frantsuzlarga g'alaba olib keldi.

Niderlandiya Turkiyaga qarshi bahs olib bordi va yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi. «Uchar gollandlar» safida Memfis Depay het-trik qayd etgan bo'lsa, Devi Klassen, Gus Til va Doniell Malen bir martadan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Portugaliya safarda Ozarbayjonni yirik hisobda engdi. Gollarga Bernardu Silva, Andre Silva va Diogu Jota mualliflik qildi.

Norvegiya terma jamoasi Gibraltarga, Daniya esa Isroilga 5 tadan gol urdi. Erling Holand het-trik muallifiga aylandi.

JCh—2022 saralash bosqichi, Evropa, 6-tur
7 sentyabr, seshanba
Frantsiya – Finlyandiya 2:0
Gollar: 1:0 – 25 Grizmann, 2:0 – 53 Grizmann.
Frantsiya: Loris, Dyubua (Mukiele, 68), Zuma, Kimpembe (Langle, 90), Ernandes, Pogba, Rabo, Varan, Marsyal (Ben-Yedder, 80), Grizmann (Tchuameni, 90), Benzema.
Finlyandiya: Gradetski, Arayuuri, Vyaysyanen, Uronen (Soyri, 62), O'Shonessi, Kamara, Shyuller (Valakari, 62), Nissilya (Kayrinen, 73), Alxo (Raytala, 80), Poxyanpalo (Yensen, 73), Pukki.
Ogohlantirishlar: Shyuller (3), Pukki (64), Arayuuri (72).

Niderlandiya – Turkiya 6:1
Gollar: 1:0 – 1 Klassen, 2:0 – 16 Depay, 3:0 – 38, penalti Depay, 4:0 – 54 Depay, 5:0 – 80 Til, 6:0 – 90 Malen, 6:1 – 90 O'nder.
Niderlandiya: Beylo, de Vrey, van Deyk, Dumfris (Rensx, 71), Blind, de Yong (Kopmeyners, 46), Klassen (Gravenberx, 71), Bergeys, Veynaldum (Til, 61), Bergveyn (Malen, 61), Depay.
Turkiya: Chaqir, So'yunjyu, Ayxan, Demiral, Myuldyur, Yokushlu (Yaziji, 90), O'nder, Ko'kchyu (Tufan, 46), Chalxono'g'lu (Dervishoglu, 86), Yilmaz (Akturko'g'lu, 65), Karaman (Kabak, 46).
Ogohlantirishlar: Ko'kchyu (14), Yokushlu (28), Veynaldum (31), So'yunjyu (36), Kabak (57), van Deyk (78).
Chetlatish: So'yunjyu (44).

Ozarbayjon – Portugaliya 0:3
Gollar: 0:1 – 26 Bernardu Silva, 0:2 – 31 Andre Silva, 0:3 – 75 Diogu Jota.
Ozarbayjon: Magomedaliev, Xagverdi, Salaxli (Sadixov, 76), Guseynov, Badalov, Maxmudov, Xalilzade (Gorbani, 46), Aleskerov, Garaev (Nuriev, 46), Ozobich (Mustafaev, 62), Emreli (Bayramov, 63).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Ruben Diash, Joau Kanselu, Pepe, Gerreyru (Mendesh, 71), Moutinyu (Joau Mariu, 78), Bernardu Silva (Otavio, 78), Palinya (Ruben Nevesh, 46), Brunu Fernandesh, Diogu Jota (Gedesh, 78), Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Palinya (15), Aleskerov (16), Gorbani (60), Xagverdi (77), Mendesh (90).

Norvegiya – Gibraltar 5:1
Gollar: 1:0 – 23 Torstvedt, 2:0 – 27 Holand, 3:0 – 39 Holand, 3:1 – 43 Staych, 4:1 – 59 Syorlot, 5:1 – 90 Holand.

Rossiya – Malta 2:0
Gollar: 1:0 – 10 Smolov, 2:0 – 84, penalti Bakaev.

Xorvatiya – Sloveniya 3:0
Gollar: 1:0 – 33 Livaya, 2:0 – 66 Pashalich, 3:0 – 90 Vlashich.

Slovakiya – Kipr 2:0
Gollar: 1:0 – 54 Shrans, 2:0 – 77 Kosselnik.

Avstriya – Shotlandiya 0:1
Gol: 0:1 – 30, penalti Dayks.

Daniya – Isroil 5:0
Gollar: 1:0 – 28 Poulsen, 2:0 – 31 Ker, 3:0 – 41 Olsen, 4:0 – 57 Dileyni, 5:0 – 90 Kornelius.

Irlandiya – Serbiya 1:1
Gollar: 0:1 – 20 Milinkovich-Savich, 1:1 – 86, avtogol Milenkovich.

Bosniya va Gertsegovina – Qozog'iston 2:2
Gollar: 0:1 – 51 Kuat, 1:1 – 74, penalti Pyanich, 2:1 – 85 Menalo, 2:2 – 90 Zaynutdinov.

Farer – Moldova 2:1
Gollar: 1:0 – 68 Olsen, 2:0 – 71 Vatnsdal, 2:1 – 84 Milinchanu.

Chernogoriya – Latviya 0:0

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR