Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:02
KirishA'zo bo'lish
«Real» «Santyago Bernabeu»dagi ilk uchrashuv uchun ma'lum miqdorda tekin chiptalar joriy qiladi

 10 SENTYABR, 20:05 2

.

12 sentyabr, yakshanba kuni «Real Madrid» o'z uy uchrashuvini «Santyago Bernabeu» stadionida 2020 yil 1 martdan buyon ilk marta tomoshabinlar qarshisida o'tkazadi.

Madridliklar to'rtinchi turda «Selta»ga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Jurnalist Serxio Kirantening so'zlariga ko'ra, «qaymoqranglilar» stadionni ta'mirlash ustida ishlagan ko'plab xodimlariga ushbu uchrashuvga bepul chiptalar taqdim etishgan.

Uchrashuvga jami 20 ming muxlis tashrif buyurishi mumkin. Eslatib o'tamiz, «Santyago Bernabeu» ayni dam rekonstruktsiya qilinmoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR