Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:17
KirishA'zo bo'lish
"Fiorentino" Vlahovichga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi

 10 SENTYABR, 19:50 5

.

"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovich bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolanadi.
 O'tgan yozda serbiyalik hujumchini "Tottenxem" va "Yuventus" sotib olishga harakat qilgan, lekin "binafsharanglar" rahbariyati asosiy tarkib o'yinchisini qo'yib yuborishni xohlamadi.

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "Fiorentino" Vlahovichga yiliga 5 million evro maosh bilan 2025 yilning yozigacha yangi uzoq muddatli
shartnoma taklif qilgan. Shu bilan birga, shartnomada 80 million evro miqdoridagi tovon puli ko'zda tutilgan bo'lib, bu "Fiorentina"ga futbolchi transferida yaxshi pul ishlashiga imkon beradi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" Vlahovichni Xarri Keynga o'rinbosar sifatida
ko'rgandi, ammo futbolchining "Manchester Siti"ga o'tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, London klubi Dushan xarididan voz kechdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR