Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:41
KirishA'zo bo'lish
Shavkat Mirziyoev yozgi Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari bilan uchrashdi

 10 SENTYABR, 17:10 4

.

Prezident Shavkat Mirziyoev 10 sentyabr, juma kuni Tokio shahridagi yozgi Paralimpiya o'yinlarining o'zbekistonlik g'olib va sovrindorlari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Davlat rahbari o'z nutqi boshida sportchilarni ulkan g'alabasi bilan samimiy tabrikladi.

«Hammamiz olis Tokio shahrida bo'lib o'tgan o'n oltinchi paralimpiya o'yinlarini katta hayajon va cheksiz faxr bilan kuzatib bordik. Barchangizga ma'lum, bu gal terma jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Ana shu qimmatli 19 ta medalning 11 tasi shijoatli sportchi qizlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgani, tariximizda misli ko'rilmagan voqeadir.

Mamlakatimiz terma jamoasi 160 dan ziyod davlatlar o'rtasida o'n oltinchi, Osiyo qit'asida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida to'rtinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi o'rinni egalladi.

Yapon zaminida g'olib o'g'il-qizlarimiz sharafiga har gal madhiyamiz yangrab, vatanimiz bayrog'i baland ko'tarilganida qalblarimiz cheksiz iftixorga to'ldi. Bugungi quvonchli kunda sizlarning har biringiz haqida har qancha to'lqinlanib, g'ururlanib gapirsak, arziydi», — dedi Prezident.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR