logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:05
KirishA'zo bo'lish
O'zbekiston kurash va belbog'li kurash federatsiyalari birgalikda faoliyat olib boradi

 10 SENTYABR, 15:20 3

.

Shu yil 26 iyul kuni O'zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari Kengash yig'ilishi o'tkazildi.   Unda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining joriy yil 14 iyundagi murojaati o'rganib chiqilib, Kengash a'zolari bir ovozdan o'zbek xalqining bu yo'nalishdagi kurashini ham rivojlantirishda ikki federatsiya birgalikda faoliyat olib borishiga kelishib olgandi.    Joriy yil 10-13 sentyabr kunlari Ruminiyaning Konstanta shahrida bo'lib o'tadigan kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir doirasida 10 sentyabr kuni kurash sportini dunyodagi nufuzini oshirish bo'yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda kurashimizning ikkinchi yo'nalishi bo'lgan Belbog'li kurashni ham dunyodagi o'rnini mustahkamlash bo'yicha Kongress bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Maqsad – kurash bilan elkama-elka belbog'li kurashni ham butun dunyoda ommalashtirishdan iborat.

Bu haqda bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkazilgan matbuot anjumani hamda taqdirlash marosimida aytib o'tildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari Erkin Yuldashev ishtirok etdi va nutq so'zladi.

Ma'ruzachi o'z so'zida azaldan o'zbek kurashining ikki yo'nalishi bo'lgani, bu haqda tarixiy manbalarda yozib qoldirilganini ta'kidlab, endilikda kurashimizning har ikki yo'nalishi birgalikda rivojlantirilishini ta'kidladi. Shu bilan bir qatorda, so'nggi yillarda belbog'li kurashchilarimiz o'z muvaffaqiyatlari bilan dunyo xalqlarini lol qoldirayotgani e'tirof etildi. Buning isboti sifatida ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan birinchi MDH o'yinlarida belbog'li kurashchilarimiz 7ta oltin, 3ta kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallashganligini aytish mumkin.

Tadbirda I MDH o'yinlarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan sportchilar hamda ularning murabbiylari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, tadbir doirasida mamlakatimizda kurash sport turini ommalashtirish va keng targ'ib etish yo'lida jonbozlik ko'rsatib kelayotgan bir guruh fidoyi insonlarga ham faxriy yorliqlar topshirildi.

I MDH o'yinlarining g'olib va sovrindorlari:

-52 kg: Farangiz Abdunabieva (oltin),

-66 kg: Maftunabonu Mahmudova (oltin),

-75 kg: Nusratbek Sultonboev (oltin),

-90 kg: Oybekjon Muhammadov (oltin),

-57 kg: Kamronbek Ortiqov (oltin),

-68 kg: Oybek Sultonov (oltin),

-82 kg: Muhammadjon Rasulov (oltin),

-48 kg: Mohigul Ibragimova (kumush),

-58 kg: Biybigauxar Polatbaeva (kumush),

-76 kg: Zemfira Azatova (kumush),

+76 kg: Munisaxon Nosirova (bronza).

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR