logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:58
KirishA'zo bo'lish
Zabittser: "Men har doim "Bavariya"da o'ynani orzu qilardim"

 10 SENTYABR, 15:15 3

.

"Leyptsig"dan "Bavariya"ga o'tgan yarimhimoyachi Marsel Zabittser Myunxen klubiga o'tgandan keyin o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Men yutqazishni yomon ko'raman. Buni otam menga o'rgantgan. Men bosimni yaxshi ko'raman, o'zimni nimanidir isbotlashim kerakligini his qilishni yaxshi ko'raman. Endi men kerakli joydaman. Men uchrashuvlar natijasini hal qilishni va sovrinlar yutishni xohlayman. Men "Bavariya"da juda baxtliman. Men har doim bu erda o'ynashni orzu qilardim ”, - deb Zabittser so'zlarini keltirmoqda Sky Sport Austria nashri.


"Bavariya" Bundesliganing amaldagi g'olibi. Joriy mavsumning dastlabki 3 o'yinida jamoa 2 g'alabaga erishdi va 1 marta durang qayd etdi. "Leyptsig" 3ta o'yindan keyin 3 ochkoga ega. 2020/2021 yilgi mavsumda Zabittser Bundesliganing 28 o'yinida qatnashdi va 8ta gol urgandi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR