logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:50
KirishA'zo bo'lish
Quvondiq Ro'ziev: “G'alabali odimimizni davom ettirish niyatidamiz”

 10 SENTYABR, 12:25 10

.

Coca Cola Superliga 17-turidan o'rin olgan “Navbahor” – AGMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning tajribali yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bo'lajak raqibimiz AGMK ayni paytda turnir jadvalining 3-pog'onasida borayotgan kuchli raqib. Shuningdek, jamoani taniqli mutaxassis, o'z vaqtida mashhur futbolchi bo'lgan Mirjalol Qosimov boshqarmoqda.

Jamoamiz ham Superliga doirasidagi so'nggi ikkita bahsda g'alaba qozondi va ayni paytda kayfiyatimiz yuqori hamda g'alabali odimimizni davom ettirish niyatidamiz. Shu bois, bo'lajak o'yinnning shiddatli, keskin,  kurashlarga boy tarzda o'tishi ehtimoli yuqori.

Biz mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Pandemiya sababli, bo'lajak o'yin muxlislarsiz o'tkaziladi. Ammo ishqibozlar jamoamizni oynai jahon orqali ruhan qo'llab-quvvatlayotganliklarini his etgan holda maydonga tushib, g'alaba qozonish, muxlislarga quvonch ulashishga intilamiz hamda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Baxtimizga “Navbahor” ishqibozlari hamisha sog' bo'lishsin", — dedi Quvondiq.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR