logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:20
KirishA'zo bo'lish
EChL. Ronalduning qaytishi va yangilanayotgan MYu

 8 SENTYABR, 09:19 2

.

Oxirgi 2 hafta ichida "Manchester Yunayted" ko'p tilga olinayotgan klublardan biri bo'lib turibdi.

Xabaringiz bor, mankunianliklar safiga 12 yillik tanaffusdan keyin Krishtianu Ronaldu qaytib keldi. Bu hodisa o'z navbatida klub aktsiyalarining oshishi, ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar sonining ko'payishi hamda portugaliyalikning afsonaviy 7-raqamli liboslarining barchasi sotib bo'linishiga sabab bo'ldi. Hozirda Ronalduning liboslarini xarid qilishni istayotgan muxlislar soni minglab topilmoqda.

Manchester klubi yangi mavsumda Evropa Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi.

Mazkur qaydnomani tanishtirib o'tishdan oldin klubning amalga oshirgan uch transferi haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Rafael Varan («Real»dan), Jeydon Sancho ("Borussiya Dortmund") va Krishtianu Ronaldu («Yuventus»). Mazkur transferlar jamoaning mavqei va o'yin saviyasi oshishiga ta'sir ko'rsatish ehtimoli yuqori. Himoya va hujum chizig'i sezilarli darajada mustahkamlandi. Demak, qaydnoma bilan tanishib oling.


Darvozabonlar: David de Xea, Din Xenderson, Tom Xiton

Ispaniyalik posbon yangi mavsumda asosiy tarkibda harakat qilishi mumkin. Har holda Xendersonning jarohatdan safga qaytguniga qadar de Xeadan munosib nomzod yo'q. Tom Xiton zaxira darvozaboni sifatida xarid qilinganini barcha birdek tushunib turibdi. Umuman olganda, MYuda ikkita yaxshi saviyadagi darvozabonlar bor.

Himoyachilar: Aaron Van-Bissaka, Diogu Dalot, Viktor Lindelyof, Erik Bayi, Xarri Maguayr, Rafael Varan, Lyuk Shou, Aleks Telles.

Ikkitadan o'ng va chap qanot himoyachilaridan boshlasak. Van-Bissaka va Shou asosiy tarkib futbolchilari hisoblansa, Dalot va Telles rotatsiya o'rnida maydonga tushiriladi. Laterallar klubda juda ham yuqori saviyali futbolchilar hisoblanishadi. Markazda Varan hamda Maguayr juftligini ko'rishimiz mumkin. Bayi va Lindelyofning darajasi yomon emas, ammo sheriklariga nisbatan biroz tajribasiz va boshlang'ich tarkib uchun ko'proq ter to'kishlariga to'g'ri keladi.

Yarim himoyachilar: Pol Pogba, Bruno Fernandesh, Xuan Mata, Jessi Lingard, Amad Diallo, Fred, Nemanya Matich, Donni van de Bek, Skott MakTomini, Jeydon Sancho.

Fernandesh va Pogba markaziy himoyaning tayanchi va ustuni hisoblanishadi. Fred ko'proq himoyaga yordam bersa, Sancho hujumkor yarim himoyachi sifatida asosisy tarkibda ko'rinish berishi mumkin. Mata, Matich singari tajribali futbolchilar ham kerak vaqtda ukalariga yordam berib turishadi. Diallo, Van de Bek, Lingard zaxirada qolib ketishi, MakTomini esa asosiy tarkib uchun jiddiy raqobatga kirishishi mumkin. Futbolchilarning hozirgi salohiyatidan kelib chiqqan holda shunday fikr shakllanmoqda.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Entoni Marsyal, Markus Reshford, Edinson Kavani.

Reshford va Ronaldu asosiy tarkibda muntazam tushishi mumkin. Marsyal va Kavanining qay darajadagi futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz. Sancho ham hujum uchligida o'zini ko'rsata oladi. Umuman olganda, joriy mavsum Ole-Gunnar Sulsher jamoasida oxirgi yillardagi "Manchester Yunayted"ning eng optimal tarkibi yig'ilgan deb bemalol ayta olamiz va bu EChLda klubning g'olib chiqish imkoniyatlarini oshirib yuboradi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR