logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:40
KirishA'zo bo'lish
Xames navbatdagi taklifni rad etdi

 10 SENTYABR, 11:15 5

.

"Everton" yarimhimoyachisi Xames Rodriges oxirgi transfer oynasida Istambulning "Bashakshehir" klubi taklifini rad etdi.

VOLE nashri xabariga ko'ra, "irislar" va turk klubi kolumbiyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan, biroq bu bitimga kolumbiyalik futbolchi rozi bo'lmadi.

Yarimhimoyachi o'tgan mavsumda "Everton" safida APLda 23 o'yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 4 golga uzatma berdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, Xamesga Ispaniya, Angliya, Italiya va Rossiya klublaridan  takliflar borligi haqida aytilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR