Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:13
KirishA'zo bo'lish
Ramos EChL dastlabki turini o'tkazib yuboradi

 10 SENTYABR, 10:55 4

.

Frantsiyaning "PSJ" klubining ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos jarohatni tiklashni davom ettirmoqda.

Avvalroq, "PSJ" matbuot xizmati Ramos terma jamoalar o'yinlari uchun bo'lgan xalqaro tanaffusdan keyin maydonga qaytishga tayyor bo'lishini aytgandi .

Ammo, L'Equipe nashri xabariga ko'ra, ispaniyalikning maydonga qaytishi keyinga qoldirilgan. Ispaniyalik parijliklarning yana kamida ikkita uchrashuvini o'tkazib yuboradi. Ma'lum bo'lishicha, himoyachi Fantsiya chempionati doirasidagi "Klermont"ga va Chempionlar ligasida "Bryugge"ga qarshi o'yinlarda maydonga qaytmraydi.

Eslatib o'tamiz, Ramos oxirgi marta 5 may kuni "Real" tarkibida maydonga tushgandi. Keyin "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasining yarim final o'yinini Londonning "Chelsi" klubiga qarshi o'tkazdi va finalga chiqa olmadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR