logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:47
KirishA'zo bo'lish
Dibalaning agenti shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazadi

 10 SENTYABR, 10:45 2

.

Turinning «Yuventus» klubi Paulo Dibalaning agenti bilan futbolchi bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Shkira o'z tvitterida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar yaqin soatlarda telefon orqali suhbatlashadi. «Yuventus» vakillari tez orada futbolchi bilan kelishib, shartnomani uzaytirishga ishonmoqda.

Avvalroq, 27 yoshli argentinalik hujumchi «Yuventus» bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasligi haqida xabar berilgandi.

Klub futbolchiga 2025 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qiladi, uning maoshi yiliga 8,5 million evro, qo'shimcha ravishda 1 million evro. Futbolchi, 2025 yilgacha bo'lgan shartnoma, maoshi 10 mln evro va bonus sifatida 2 mln evro olishni istamoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR