Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:25
KirishA'zo bo'lish
Kessi uchun EChL chempioni ham harakatni boshladi

 10 SENTYABR, 10:10 3

.

"Milan" yarimhimoyachisi Frank Kessi hali jamoa bilan yangi shartnoma imzolamadi, bu esa Evropaning etakchi klublari e'tiborini tortdi. Gap shundaki, futbolchining shartnomasi keyingi yozda tugaydi.

Kessi nomzodi uchun allaqachon katta navbat tuzilgan bo'lib, bundan oldin "PSJ", "Tottenxem" va "Liverpul" qiziqish bildirgan edi. Ammo, Sky Sports nashri xabaariga ko'ra, Londonning "Chelsi" jamoasi ham futbolchini nishonga olmoqda, "aristokratlar" yarimhimoyachiga raqobatchilardan ko'ra qulayroq shartlarni taklif qilishga tayyor.

 
Eslatib o'tamiz, 2019 yilda "Milan" "Atalanta"dan 24 million evroga Kessini sotib oldi va futbolchi o'tgan mavsumni A Seriyaning 37 o'yinida 13 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR