Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:52
KirishA'zo bo'lish
EChL. Hujumchilar «Atletiko»ga g'alaba keltirishi mumkin

 10 SENTYABR, 09:40 3

.

Kelasi haftadan Chempionlar Ligasi yangi mavsumi boshlanadi.

Jamoalar musobaqada qatnashadigan futbolchilar ro'yxarini e'lon qilishdi. Hozirgi maqolamiz orqali Diego Simeone boshqarayotgan «Atletiko»ning joriy mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchilar va tarkibga to'xtalib o'tamiz.

O'tgan mavsum boshida «Barselona»dan Luis Suares kelib qo'shilgan bo'lsa, joriy mavsum boshlanmasidan oldin bu ishni Antuan Grizmann bajardi. Yozgi transferlar oynasining so'nggi kunida frantsiyalik forvard 40 mln evro evaziga sobiq jamoasi safiga borib qo'shildi. Bundan tashqari, Braziliya bilan Olimpiadada chempion bo'lgan Mateus Kunya «Gerta»dan sotib olindi. Rodrigo de Paul «Udineze»dan olib kelindi. Saul Niges esa bir mavsumga «Chelsi» klubiga ijaraga berildi.

Endi madridliklarning bu mavsum EChL uchun to'liq tarkibi bilan tanishib oling.

Darvozabonlar: Yan Oblak, Benjamin Lekomt

Himoyachilar: Serxio Kamus, Felipe, Xose Mariya Ximenes, Fran Gonsales, Mario Ermoso, Renan Lodi, Stefan Savich, Kiran Tripe, Sime Vrsalko

Yarim himoyachilar: Rodrigo de Paul, Ektor Errera, Jofri Kondogbia, Toma Lemar, Markos Lorente, Koke

Hujumchilar: Anxel Korrea, Joao Feliks, Yannik Karrasko, Antuan Grizmann, Mateus Kunya, Luis Suares


«Atletiko» bir necha yillardan beri Yan Oblak singari ajoyib va dunyoning eng yaxshi darvozabonlardan birining xizmatidan foydalanib kelmoqda. Bu mavsum ham uning mahorati ko'p hollarda «matraschilar»ga qo'l kelishi mumkin. Sloveniyalik jamoaning asosiy posboni sanaladi.

Himoya chizig'ida Tripe, Ermoso, Ximenes, Lodi asosiyda tushishi mumkin. Lekin, ularni boshqa istalgan himoyachi ham to'ldira oladi. Jamoa mudofaa chizig'ida yulduzlar bo'lmasa ham teng kuchli ikki tarkib mavjud. O'rtamiyonaga yaqin himoyachilardan tashkil topgan deyish ham mumkin. Diego Godin kabi top fulbeklar «Atletiko»ga etishmayapti.

Yarim himoya chizig'ini ham u qadar kuchli deb bo'lmaydi. Kondogbia va de Paul tan olish kerak, Pogba, Kante singari xavbeklar bilan daraja va mahorat bobida tenglasha olmaydi. Shunday ekan, bu xaridlarni top darajali deb aytish noto'g'ri. Koke ancha tajribali va hozirda jamoaning etakchisi hisoblanadi. Lyorente ham yillar davomida o'yinini yaxshilab olishga erishdi. Lemar esa «Monako»da porlaganidek yuqori darajada o'yin ko'rsata olmayapti.

Jamoaning eng ustun tomoni - bu shubhasiz hujum chizig'i hisoblanadi. Yoshi o'tib borayotgan bo'lsada, gol isini yaxshi sezadigan Luis Suares ham, o'zining eng yuqori formasida «Atletiko» bilan katta natijalarga erishgan Antuan Grizmann ham shu erda. Bundan tashqari Joao Feliks ham sekin-asta jarohatidan tuzalib maydonga qaytmoqda. Uning texnikasi va salohiyatini oertiqcha tariflash shart emas. Anxel Korrea, Yannik Karrasko va Mateus Kunyaning ham darajali yomon emas. Bir so'z bilan aytganda, «Atletiko» joriy mavsum hujumchilarining say-harakatlari hisobiga biror bir natija qayd etishi mumkin.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR