logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:44
KirishA'zo bo'lish
«US Open»da sensatsiya: 19 va 18 yoshli Leyla va Emma finalga chiqishdi!

 10 SENTYABR, 09:15 3

.

Amerika qo'shma shtatlarida tennis bo'yicha Ulkan toj turkumiga kiruvchi «US Open» turniri bo'lib o'tmoqda. Bugun ayollar o'rtasida musobaqaning finalchilari nomi ma'lum bo'ldi.

Dastlabki yarim final kanadalik Leyla Fernandes va belaruslik Arina Sabalenka o'rtasida kechdi. Unda 19 yoshli Leyla musobaqaning ikkinchi raqamli raketkasini 3 setda mag'lub etdi — 7-6 (3), 4-6, 6-4.

Ikkinchi yarim final esa musobaqa kashfiyotchisi Emma Radukanu (Buyuk Britaniya) va isroillik Mariya Sakkari o'rtasida kechdi. 18 yoshli Emma tajribali raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 6-1, 6-4. E'tiborli tomoni, Radukanu o'z ishtirokini saralash bosqichidan boshlagan edi. Shu tariqa, «US Open» tarixida ilk marta saralash bosqichida ishtirok etgan sportchi finalga chiqdi.

Finalda esa 18 yoshli Emma 19 yoshli Leyla Fernandesga qarshi kortga chiqadi.

«US Open». Ayollar, yarim final
Leyla Fernandes (Kanada) - Arina Sabalenka (Belarus) — 7-6 (3), 4-6, 6-4.
Emma Radukanu (Buyuk Britaniya) - Mariya Sakkari (Isroil) — 6-1, 6-4

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR