logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:09
KirishA'zo bo'lish
JCh-2022. Neymarning goli Braziliyaga g'alaba qozonish uchun yordam berdi (videosharh)

 10 SENTYABR, 09:00 1

.

Janubiy Amerika mintaqasida JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi 10-tur o'yinlari yakunlandi. Braziliya terma jamoasi o'z uyida Peruni qabul qilib, ishonchli hisobda g'alaba qozondi.

Bahsning 14-daqiqasida Everton Ribeyro hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'lim yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Neymar hisobdagi farqni oshirdi.

Mazkur hisob o'yinda boshqa o'zgarmadi. Braziliya ketma-ket sakkizinchi g'alabani qo'lga kiritib, o'z ochkolarini 24taga etkazib oldi.

JCh-2022 saralash. KONMEBOL, 10-tur
Braziliya – Peru 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Everton Ribeyro, 2:0 – 40 Neymar.
Braziliya – Ueverton, Verissimo, Danilo (Mateus Kunya, 63), Aleks Sandro, Militao, Kazemiro (Bruno Gimaraes, 78), Lukas Paketa, Everton Ribeyro (Dani Alves, 63), Jerson (Edenilson, 84), Neymar, Gabriel Barboza (Xalk, 84).
Peru – Galese, Santamariya (Ramos, 46), Kalens, Advinkula, Lopes, Tapiya (Kartaxena, 59), Yotun (Kosta, 60), Gonsales, Kueva (Flores, 46), Karrilo, Lapadula (Ruidias, 73).
Ogohlantirishlar: Santamariya (30), Tapiya (35), Yotun (38), Kazemiro (44), Lukas Paketa (57), Kosta (63), Gonsales (65), Gabriel Barboza (66), Neymar (90).

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR