logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:24
KirishA'zo bo'lish
Messi Amerika kubogidagi chempionlik borasidagi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi

 9 SENTYABR, 21:50 5

.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi-2021dagi chempionlikni qanday qabul qilgani haqida o'z fikrini bildirdi.

"Qalbim xotirjam bo'ldi. Bu sovrin bir necha marta mendan qochib ketgandi. Nihoyat orzum amalga oshdi. O'sha payt tushga o'xshardi, aql bovar qilmas vaziyat. Chempion bo'lganimizga ishona olmasdim. Suratlarga qarasam, yoqimli hissiyotni his qilaman. Chunki o'sha paytda nimalar sodir bo'layotganini anglay olmasdim.

Avvalgi Amerika kubogi finallaridagi mag'lubiyat tufayli ba'zi OAV bizni omadsizlar deb atagandi. Go'yoki, biz terma jamoaga mas'uliyatsizlik bilan yondoshganmiz. Amerika kubogi — faoliyatimdagi eng murakkab sovrin. Endi farzandlarim Argentina qo'shiqlarini kuylashadi, Braziliyaga qarshi finalni eslashadi. Ular bundan qanchalik zavqlanishayotganini ko'rish juda yoqimli", – dedi Messi.

Eslatib o'tamiz, Messi avvalroq Argentina terma jamoasi bilan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida g'olib chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR