logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:09
KirishA'zo bo'lish
Yaponiya koronavirus tufayli klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazishdan bosh tortdi

 9 SENTYABR, 21:45 5

.

Yaponiya futbol bo'yicha klublar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazishdan bosh tortdi, deb xabar berdi mamlakat futbol federatsiyasi sayti.

Bu qaror koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq cheklovlar tufayli FIFA bilan muzokaralar natijasida qabul qilindi.

Tomonlar, mamlakatda virus yuqtirganlar soni ko'payishi bilan bog'liq vaziyat va tomoshabinlar
bilan sport musobaqalarini o'tkazishga qo'yilgan cheklovlar tufayli, turnirni boshqa mamlakatga o'tkazish maqsadga muvofiq deb qaror qilishdi. Yangi joy haqida qarorni FIFA qabul qiladi.

Turnir 2021-yil dekabr oyida Yaponiyada o'tkazilishi kerak edi. Hozircha "Chelsi", Misrning "Al-Ahli" va Yangi Zelandiyaning "Okland siti" klublari ishtirok etishi ma'lum. Qolgan ishtirokchilar keyinroq aniqlanadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR