Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:41
KirishA'zo bo'lish
"Real" va "Barsa" Karim uchun kurashadi

 9 SENTYABR, 21:30 8

.

"Real Madrid" va Kataloniyaning "Barselona" klubi "Zaltsburg" hujumchisi Karim Adeyemi uchun kurashishga tayyor.

Fichajes nashrining so'zlariga ko'ra, ikkala ispan giganti ham yangi mavsumni Avstriyada ajoyib tarzda boshlagan va oltita uchrashuvida oltita gol urgan "buqalar"ning 19 yoshli hujumchisini sotib olmoqchi.

Hatto yosh hujumchi Germaniya terma jamoasini JCh-2022 saralash o'yinlariga chaqiruv oldi va Armanistonga qarshi uchrashuvda (6: 0) debyut qildi va bitta gol urishga erishdi.

E'tibor bering, Karim xizmatlariga "Liverpul" va "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda va futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Karimning transferi 20 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR