Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:03
KirishA'zo bo'lish
Iker Kasilyas Dubayda darvozabonlar tayyorlash markazini ochdi

 9 SENTYABR, 20:45 3

.

«Real» va Ispaniya terma jamoalarining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas o'zining birinchi darvozabonlarni tayyorlash markazini ochdi. U Iker Kasilyas darvozabonlarni tayyorlash markazi deb nomlanadi va Dubayda (BAA) joylashgan. Loyiha Amirlik sport kengashi tomonidan ma'qullangan.

"Men har doim o'z sportimga qaytishni orzu qilganman, bu menga hamma narsani berdi, shuning uchun men iqtidorli darvozabonlarni rivojlantirishga bag'ishlangan markaz ochdim. Markazda darvozabonlar tayyorlanayotganiga qaramay, bizning asosiy vazifamiz – yaxshi yosh futbolchilarni topish va ularni rivojlantirish”, – deydi Kasilyas.

Shuningdek, markazda professional darvozabonlar, jumladan, boshqa davlat darvozabonlari tayyorlanishi mumkin bo'ladi. Darvozabonlar uchun murabbiylar tayyorlash ham rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR