Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:54
KirishA'zo bo'lish
Dilyaver Vaniev: «Xomyakov betob, bugungi mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olaman»

 9 SENTYABR, 20:10 4

.

Superliganing 17-turida  “Mash'al” klubi bugun o'z maydonida “Andijon”ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. O'yindan keyin mezbonlar murabbiyi Dilyaver Vaniev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Bugun “Mash'al”ning mag'lubiyatga uchrashiga nima sabab bo'ldi?
— Bugun ko'rgan bo'lsangiz, turnir jadvalida yaqin turgan ikkita jamoalar o'ynadi. Ushbu uchrashuvda biz yutishimiz kerak edi. Mag'lubiyatimizning sababi, bugun o'yinchilarimizni ahvoli ideal holatda emasdi. “Andijon” mana shunday o'yin ko'rsatishini futbolchilarimizga aytgandik. Alamli mag'lubyat, bugun yutganimizda xavfli zonadan chiqib ketardik. Kurash oxirgi turgacha davom etadi.

— Xomyakovning o'z o'rnida emasligi ham o'yinga ta'sir ko'rsatdimi?
— Bugun bosh murabbiy yo'q edi. Betob edi. Albatta, u bilan o'yindan oldin maslahat qildik, tayyorgarlik ko'rdik. Ammo bugungi mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olaman.

— Ibe Okoro zaxiraga olinganida norozi holatda tark etdi. Bunga munosabatingiz qanday?
— Yaxshi.

— Siz qo'l tashlagan paytingizda bunga javob qaytarishni istamagandek o'tib ketdi...
— Buni ko'rmadim. Hammasi yaxshi. Hozir echinish xonasida gaplashdik. Qo'l bermaganiga e'tibor bermadim. Taktik o'zgarishni qildik.

— Sirojiddin Qo'zievdan nega foydalanmadingiz?
— Qo'zievga kelsak, u asosiy o'yinchimiz, jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishni boshladi. Faqat hali to'liq tayyor emasdi. Murabbiylar bilan maslahatlashib maydonga tushirmaslikka qaror qildik.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR