Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:19
KirishA'zo bo'lish
Argentina terma jamoasi murabbiyi Argentina va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi bahs to'xtatili

 7 SENTYABR, 11:20 2

.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCh -2022 saralash bosqichi Braziliyaga qarshi o'yini bekor qilinganiga izoh berdi.

Uchrashuv Argentina terma jamoasi a'zolari tomonidan karantin qoidalarini buzilgani uchun
to'xtatildi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, Braziliya rasmiylari argentinalik futbolchilar Emiliano Martines, Emiliano Buendiya, Kristian Romero va Jovani Lo Chelso chegaradan o'tish
qoidalarini buzganlikda gumon qilingan. Angliya klublarida o'ynayotgan to'rt argentinalik go'yoki yaqinda Buyuk Britaniyaga tashrif buyurmaganlari haqida yolg'on ma'lumot berishgan.
Protokolga ko'ra, Buyuk Britaniyadan Braziliyaga kelganlar 14 kunlik karantindan o'tishlari kerak. Ish FIFA intizom qo'mitasiga topshiriladi.

"Bu holat meni juda xafa qiladi. Men aybdorni qidirmayapman. Biror narsa bo'lganmi yoki
yo'qmi, aralashish uchun to'g'ri vaqt emas. Bugun hamma dunyoning eng yaxshi futbolchilarining
o'yinidan bahramand bo'lishi kerak edi. Men Argentina xalqi murabbiy sifatida o'z
futbolchilarimni himoya qilishim kerakligini tushunishlarini istayman. Bizga bu futbolchilar
maydonga tusha olmasligi haqida hech qachon xabar berishmagan. Biz o'ynamoqchi edik,
braziliyalik futbolchilar ham ", - deya Skalonini so'zlarini keltiradi terma jamoa matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR