logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:51
KirishA'zo bo'lish
"Barsa" Koutinoni "Liverpul"ga qaytaradi, yoki 20 million evro to'laydi

 9 SENTYABR, 17:40 4

.

"Liverpul" tez orada yarimhimoyachi Filippe Koutino uchun "Barselona"dan 20 million evro evaziga sotib olishi mumkin, deb xabar beradi Sport nashri.

Futbolchining shartnomasiga bir band kiritilgan bo'lib, unga ko'ra, agar futbolchi kataloniyaliklar safida 100ta o'yin o'tkazsa, "qizillar" yana 20 million evro oladi. Endi braziliyalikning hisobida 90ta o'yin bor. Ma'lum bo'lishicha, u allaqachon jarohatini davolagan va kelgusi o'yinlarda jamoaga yordam berishga tayyor, demak, "Barselona" bu summani to'lashga majbur bo'ladi, yoki ushbu band ishga tushishidan avval uni mersisaydliklar safiga qaytaradi.


Eslatib o'tamiz, Koutino 2018 yilda "Liverpul"dan 135 million evroga ko'chib, kataloniyalik futbolchiga aylandi. Yangi mavsumda braziliyalik jarohat tufayli maydonga tushmadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR