Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:54
KirishA'zo bo'lish
Pep Gvardiola: «Umid qilaman, Messi «Man Siti»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi»

 27 SENTYABR, 18:55 6

.

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «PSJ» forvardi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan bahsda o'z jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishiga umid qilmoqda.

«U o'z faoliyati davomida amalga oshirgan ishlar istisnodan ham yuqori natijalar hisoblanadi. Umid qilaman, u ertaga maydonga tusha oladi. Bu futbol manfaati uchun muhim.

«PSJ» o'tgan mavsumda fantastik jamoa bo'ldi. O'zaro o'yinlarimiz teng kurashlar ostida kechgandi. Endi ular safida Messi bor.

«PSJ» – jiddiy raqib. Bu boshqa o'yin, guruh bosqichi, barchasi o'zgacha. Nima bo'lishini ertaga ko'ramiz», – dedi Gvardiola.

34 yoshli Messi tizzasidagi jarohat tufayli jamoasining Liga-1 doirasida 2ta bahsini o'tkazib yubordi. Bugun u jamoadoshlari bilan birga shug'ullandi va «Siti»ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilishi kutilmoqda.

«PSJ» – «Manchester Siti» uchrashuvi 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR