Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:05
KirishA'zo bo'lish
Javohir Ilyosov: «Kelajakka optimistik tarzda qarayapmiz»

 27 SENTYABR, 18:50 5

.

"Lokomotiv" darvozaboni Javohir Ilyosov klub matbuot xizmatiga "Mash'al"ga qarshi o'yin arafasida qisqacha intervyu berdi.

— Murabbiylar shtabining ko'rsatmalariga jiddiy ravishda rioya qilyapmiz. Ayni damda maqsad bir — har bir o'yinda g'alabaga erishish. Ha, o'tgan turda og'riqli tarzda mag'lub bo'ldik. Ammo bu futbol. Taslim bo'lishni istamaymiz. Oldinda o'yinlar ko'p. Kelajakka optimistik tarzda qarayapmiz.

— Raqiblar haqida nima deya olasiz?
— «Mash'al» — mening yuragimdagi jamoa. U erda uzoq vaqt o'ynadim. Shu sababli ushbu jamoaga qarshi bahs men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi. «Mash'al»ning tarkibi yomon emas, ular bilan o'ynash oson bo'lmaydi. Ularning turnir jadvalidagi o'rni hech nimani anglatmaydi

— Ushbu bahsga muxlislar ham kiritiladi. Umuman olganda, tribunadagi muxlislarning tanqidlarisiz o'ynash yaxshimi yoki teskarisi?
— Albatta, muxlislar bilan. Tribunadagi muxlislar doimo futbolchilarga kuch beradi. Birinchi navbatda, futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Ularning stadionga qaytishi chempionatning sifatini ham oshiradi. O'z navbatida biz ham o'z muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR