Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:00
KirishA'zo bo'lish
"Chelsi" Kundega qishda yangi taklif jo'natadi

 9 SENTYABR, 15:45 6

.

"Chelsi" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundega bo'lgan qiziqishni davom ettirmoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, "aristokratlar" frantsuz futbolchisini 50 million evroga sotib olmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining o'zi yozda "Chelsi" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, ammo "Sevilya" transfer uchun 80 million evro so'ragan. Natijada, bu narx "ko'klar" rahbariyatiga to'g'ri kelmadi.


Eslatib o'tamiz, Kunde 2019 yilda 25 million evro evaziga "Bordo"dan ko'chib o'tib, "Sevilya" futbolchisiga aylangan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR