logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:28
KirishA'zo bo'lish
"Yuventus" Dembeleni Turinga olib kelmoqchi

 9 SENTYABR, 15:10 4

.

Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" yarimhimoyachisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolamoqchi.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati kataloniyaliklar bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadigan 24 yoshli frantsuz vingerning vaziyatini kuzatib bormoqda. "Yuve" frantsuz yulduz yarimhimoyachisini Turinga erkin agent sifatida jalb qilmoqchi va "Barsa" futbolchi bilan 2022 yil 1 yanvargacha yangi shartnoma borasida kelishishga ulgurmasligiga umid qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, byankonerilar Usmonga hamkorlikning yanada qulay shartlarini taklif qilishga tayyor, biroq belgilangan qoidalarni buzmaslik uchun ular qishki transfer oynasi vaqtini kutishga majbur bo'ladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR