logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:31
KirishA'zo bo'lish
"Real" Beylga o'rinbosar topdi

 9 SENTYABR, 14:40 6

.

"Real Madrid" kelasi yozda Garet Beyl bilan shartnomani yakunlashi ehtimol katta.

Sababi, uelslik vingerning "qaymoqranglilar" tarkibidagi kelajagi
noaniq. Mirror nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning o'yinlarini kuzatib bormoqda, chunki, mersisaydliklar misrlik futbolchi bilan yangi shartnoma tuzishda biroz qiyinchiliklarga duch kelmoqda va amaldagi shartnoma 2023 yilning yozida tugaydi.

Manbaning ta'kidlashicha, "Real" 29 yoshli Salohning transferi bo'yicha muzokara olib borishga harakat qiladi. Transfermarkt portali uning narxi 100 million evroga baholamoqda.


Shuningdek, kelasi yilgi "qaymoqranglilar"ning asosiy maqsadi "PSJ" etakchisi Kilian Mbappe ham hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR