logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:16
KirishA'zo bo'lish
EChL. «Liverpul»ning qaydnomasi ham ma'lum, o'zgarishsiz jamoa

 9 SENTYABR, 10:55 4

.

Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqich uchrashuvlari boshlanishiga ham 5 kun qoldi. Kuni kecha hamma jamoalar qatori «Liverpul»ning ham musobaqa uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi.

Qaydnoma va yozgi transferlarda amalga oshirilgan harakatlarni haqida to'xatalib o'tamiz.

Mavsumlar oralig'ida Yurgen Klopp jamoasida sezilarli o'zgarish bo'lgani yo'q. Ibrahima Konate «Leyptsig» klubidan xarid qilindi. 22 yoshli himoyachi o'yin tomonlama, kuch va bo'yining balandligi evaziga Virjil van Deykka qiyoslanmoqda. Uning havodagi kurashda ustun kelishi va sheriklariga uzatmalari mashhur bo'lib ulgurgan.

Takumi Minamino «Sautgempton»da ijara muddatini o'tab yana safga qaytdi. Yaponiyalik hujumkor yarim himoyachi ham klubda ham terma jamoadagi yorqin o'yinlari orqali «Liverpul» uchun munosib futbolchi bo'la olishini isbotladi. Yangi mavsumda uning salohiyatini ham kuzatamiz.

Tarkibda ikkita sezilarli yo'qotish bo'lganini ham aytish mumkin. Jorjino Veynaldum erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma imzoladi. Jerdan Shakiri esa Frantsiyaning boshqa bir klubi «Lion» tarkibiga borib qo'shildi.

Qaydnomaga kiritilgan barcha futbolchilar bilan tanishib oling.


Darvozabonlar: Alisson Bekker, Adrian, Kaomin Kelleher

Alisson birinchi raqamli darvozabon. Uning yo'qligini esa bir muddat Adrian bilintirmaslik uchun harakat qildi. Ammo, klass bobida baribir Alisson sheriklaridan ustun ekanligi kundek ravshan. Braziliyalik posbon katta ehtimol bilan boshlang'ich tarkibni hech kimga bermaydi. Lekin, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, jarohat yoki boshqa sabablar...

Himoyachilar: Virjil van Deyk, Ibrahima Konate, Joe Gomez, Kostas Tsimikas, Endi Robertson, Joel Matip, Nataniel Fillips, Trent Aleksandr-Arnold.

Tarkibda deyarli o'zgarish yo'q. Eng muhim yangiliklardan biri bu van Deykning uzoq muddatli jarohat davridan keyin safga qaytgani bo'lib turibdi. Ushbu hodisa uning jamoadoshlariga ijobiy ta'sir qilishi mumkin. Van Deyk avvalgi sport formasiga qaytsa va yangi olib kelingan Konate ham «Leypsig»da bo'lgani kabi yorqin futbolini namoyish etishni uddalasa, bu mavsum «Liverpul» mudofaasi dahshatli mustahkam bo'ladi. Qanotlarda doimgidek Arnold va Robertson. Ularning darajasi bir muncha pastlagandek tuyulishi mumkin, bu van Deykning yo'qligi bilan ham sodir bo'ldi.

Yarim himoyachilar: Fabino, Tiago Alkantara, Jeyms Milner, Nabi Keyta, Roberto Firmino, Sadio Mane, Jordan Xenderson, Aleks Oksleyd-Chemberlen

Veynaldum va Shakirini ketgani biroz bilinishi tabiiy. Rotatsiya ishlarida ular asosiy tarkib futbolchilari bo'lib bera olishardi. Fabino, Xenderson, Alkantara ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi, Mane va Firmino esa hujum chizig'ida Salah hamda Jotaga yordamlashishini taxmin qilish qiyin emas.

Hujumchilar: Evropa chempionatia yorqin o'yin ko'rsata olgan Jota hamda Misr terma jamoasi va mersisaydliklarning yulduzi Muhammad Salah joriy mavsum hujumda asosiy rollarda tushishi, Minamino va Origi esa zaxira varianti sifatida taktikaga kiritilishi mumkin. Sadio Mane singari futbolchi ham hujum uchligidan o'rin olmaydi deb ayta olmaymiz. Mane, Salah, Firmino triosiga Jota ham qo'shilgani va hatto Firminodan boshlang'ich tarkibdagi o'rnini tortib olganini o'tgan mavsumda ham kuzatdik.

Biroz o'tmaslashib qolgandek tuyulayotgan «Liverpul» hujum chizig'i bu mavsum ham o'z ishini a'lo darajada bajarishiga shubha yo'q.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR