logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:22
KirishA'zo bo'lish
Hakim Fuzaylov: «Buxoro»ga qarshi safardagi uchrashuv og'ir o'tishini kutgandik»

 7 SENTYABR, 11:20 4

.

Pro liga 17-turi doirasidagi «Buxoro» - «Dinamo» (1:1) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Pro ligadagi har bir o'yin singari «Buxoro»ga qarshi safardagi uchrashuv juda og'ir o'tishini kutgandik. Chunki bu raqibimiz ham Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Uchrashuv ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega edi. Chunki turnir jadvalida yonma-yon joylashganmiz. O'yin davomida raqibga nisbatan to'pga ko'proq egalik qildik. Vaziyatlar bo'yicha esa ikki tomonda ham g'alabani ilib ketish uchun etarlicha golli vaziyatlar yaratildi.

Ikki ochko yo'qotdikmi yoki bir ochko qo'lga kiritildimi? O'yin davomida to'p bilan ko'proq harakat qilganimizni inobatga olsak, ikki ochko yo'qotdik deb hisoblayman.

Keyingi o'yinda bizni «Olimpik»ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu jamoa ham Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Shunday ekan, o'yin ikki tomon uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi», - dedi Hakim Qayumovich.

Ma'lumot uchun, «Dinamo» Pro liga 17-turidan keyin 25 ochko bilan 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, «Buxoro» 24 ochko bilan 3-o'rinni band etib turibdi. Samarqand klubi 12 sentyabr kuni o'z maydonida «Olimpik»ga qarshi saf tortadi. Shundan keyin turnir jadvali ikkiga bo'linib, yuqori va quyi to'rtlik alohida kurashga kirishishadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR